Keyingi o'yin

O'zbekiston coca cola Superligasi 18-tur

28-avgust

17:00

"Surxon" sport majmuasi

Ohirgi o'yin natijasi

O'zbekiston coca cola kubogi 1/4 final

2:0

22.08.2019

Aziz To‘xtaboev: “Hech bir g‘alaba osonlikcha bo‘lmaydi”

Coca Cola superliga  17-tur doirasidagi  «Qo‘qon-1912» — «Surxon» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi  Aziz To‘xtaboev qatnashdi.

—  O‘yinda tezkor gol kiritdik. Keyin raqib futbolchilari hisobni tenglashtirishdi. Butun o‘yin davomida futbolchilarimiz borlarini berib o‘ynashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Hech bir g‘alaba osonlikcha bo‘lmaydi.  Bugungi g‘alabamizda muxlislarimizning hissasi ham katta bo‘ldi.Vaziyatlardan foydalanishda biroz kamchiliklarimiz bor. Hujumchilarimizga sovuqqonlik etishmayapti. Ular golli vaziyatlarda biroz shoshilib qolishdi. Aks holda bugun hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi.

Bugungi o‘yinda Avazxon Mamatxo‘jaev har ikkala golda ham ishtirok etdi. Uning kelajagi porloq deb o‘ylayman. Uning bundanda yaxshi o‘yinlari hali oldinda.

Muxlislarimiz yosh futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashlarini tilab qolardim. CHunki yoshlar juda ta’sirchan bo‘ladi, ularni hozir qo‘llab tursak o‘yinlari yanada ochiladi deb o‘ylayman.

Bugun maydonda o‘ynagan barcha futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi. Ikkinchi davra arafasida jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan yosh futbolchilar jamoamizga tezda moslashishdi. Ulardan hali umidimiz katta. Sindarov hamda Ahmadovlarning o‘yini bizni to‘liq qoniqtirmoqda. Jamoamizda ichki muhit ayni kunlarda juda ajoyib . Bizni qo‘llab turgan barcha muxlislarimizga bosh egib ta’zim qilaman.