Keyingi o'yin

O'zbekiston coca cola Superligasi 18-tur

28-avgust

17:00

"Surxon" sport majmuasi

Ohirgi o'yin natijasi

O'zbekiston coca cola kubogi 1/4 final

2:0

22.08.2019

Vladimir Andreev: “Hozir xulosa chiqarishga erta”

Coca Cola superliga  17-tur doirasidagi  «Qo‘qon-1912» — «Surxon» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi  Vladimir Andreev ishtirok etdi.

—  O‘yin biz uchun durang bilan tugashi mumkin edi. Ammo jarima zarbasidan keyin kiritilgan gol mezbonlarga g‘alaba keltirdi.  Qolgan daqiqalarda hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Biroq ulardan foydalana olmadik.  Mezbonlar ham yaxshi o‘ynashdi. Abdul Aziz Yusupovdan har doim hujumchi sifatida foydalanardik. Har bir komandada rotatsiya bo‘lib turadi. Biz legioner hujumchiga imkon berib ko‘rdik.

Legionerlardan ko‘p narsa kutyapmiz. Hozir xulosa chiqarishga erta. Braziliyalik futbolchining imkoniyatlarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. Birinchi bo‘limdagi o‘zgarish bizga samara keltirdi.