Keyingi o'yin

O'zbekiston coca cola Superligasi 18-tur

28-avgust

17:00

"Surxon" sport majmuasi

Ohirgi o'yin natijasi

O'zbekiston coca cola kubogi 1/4 final

2:0

22.08.2019

Vladimir Andreev: «Surxon» oldiga chempionatni 3-o’rinda yakunlash vazifasi qo’yilgan»

O’yindan keyingi matbuot anjumanida «Surxon» bosh murabbiyi Vladimir Andreevning fikrlari quyidagicha bo’ldi. 

— O’yin biz uchun qiyin kechdi. «Paxtakor» nom jihatdan ancha ustun. Qolaversa klub oldida uchta frontda ham g’alaba qozonish vazifasi turibdi. Biz bugun mehmonda o’ynaganimiz bois qarshi hujum taktikasini qo’lladik. O’z imkoniyatimiz kelishini sabr qilib kutdik. Birinchi taym boshlarida qo’lay vaziyatga ega bo’lgandik, ammo to’p kirita olmadik. Futbolda shunday: sen urmadingmi, senga urishadi. Yakunda esa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdik. 

— «Paxtakor»ni eng kuchli klub deya olasizmi?

— Ha, hozirgi paytda «Paxtakor» O’zbekistonning eng kuchli jamoasi. 

— Jamoangiz haqida murabbiylar shtabidan tashqari yana kim bilandir maslahatlashib turasizmi?

— Yo’q, faqat murabbiylar shtabidagilar bilan gaplashaman. CHetdan hech kimdan maslahat olmayman.

— Jamoangizda ikkita braziliyalik bor. Biri o’ynayapti, ikkinchisi zaxirada o’tiribdi.

— To’g’ri, legioner o’ynashi kerak, lekin futbolda har hil xolat bo’lib turadi. Bu futbolchilar hali to’liq tayyor emas, vaqti kelib o’zlarini ko’rsatishadi. 

— Rahbariyat sizning oldingizda qanday vazifa qo’ygan?

— Aniq gapiradigan bo’lsam, Superligada 3-o’rinni qo’lga kiritish qo’yilgan.