1968

Termiz shahridagi futbol klubi 1968 - yilda "Chegarachi" nomi bilan tashkil etilgan.
Keyingi yillar davomida klub o'z nomini bir necha marta o'zgartirgan. Birinchi bo'lib klubga tajribali mutahasis Виктор Тихонов murabbiylik qilgan.

1969

1969 - yilda klub nomi "Avtomobilist"ga o'zgartirilgan.
1969 - yildan, 1973 - yilgacha klub nomi saqlanib qolgan. Shu bilan birgalikda klubning bosh murabbiylari bir necha marta almashgan.

Ular:

1968—1970 yillarda Виктор Тихонов

1971 yilda Алексей Губин

1972—1973 yillarda Владимир Десятчиков

1974 yilda Виктор Тихонов

1974

1974 - yilda klub nomi "Spartak"ga o'zgartirilgan.
Ushbu yilda klubda keskin o'zgarishlar bo'lmagan. Klub nomi ma'lum sababga ko'ra 1 yil ichida yana o'zgartirilgan. O'sha vaqtda klubni avvalgidek Виктор Тихонов boshqargan.

1975

1975 - yilda klub nomi yana avvalgidek "Avtomobilist"ga o'zgartirilgan.
1975 - yildan, 1983 - yilgacha klub shu nom ostida o'yinlar o'tkazgan. Bu yillar davomida quyidagilar bosh murabbiylik qilgan:

1975 yilda Яков Аранович

1976—1977 yillarda Марк Тунис

1977—1980 yillarda Виктор Тихонов

1981—1983 yillarda ma'lum emas

1984

1984 - yilda klub nomi ilk bor "Surxon" deb nomlangan.
Keyingi 10 yil davomida, ya'ni 1994 - yilga qadar klub nomi saqlanib qolgan. Bu yillar davomida klubda

1984 - yilda Владимир Жуковский

1985—1986 yillarda ma'lum emas

1987—1990 yillarda Таймураз Хабаев

1991 - yilda Мунир Салихов

1992 - yilda Батыр Кашкенбаев

1993 - 1994 yillarda ma'lum emas.

1994

1994 - yilda klub nomi ASKga o'zgartirilgan.
ASK nomi bilan klub 2 yil faoliyat yuritgan. Shu yillar davomida klubning bosh murabbiylari quyidagilar bo'lgan.

Ular:

1994 yilda aniq ma'lumot yo'q

1996 yilda Батыр Кашкенбаев

1996 yilda Владимир Жуковский

1997

1997 - yilda klub nomi yana bir bor "Surxon" deb nomlangan.
1997-yil va 2004 - yillar oraliqlarida klub "Surxon" nomi bilan atalgan. Bu yillar davomida klub bosh murabbiyi bo'liq bir nechta murabbiylar faoliya yuritgan. Ular:

1997 - yilda Тагаймурад Хошбаков

1998 - yilda Тулагян Исаков

1998 - yilda Батыр Кашкенбаев

1999 - yilda Берадор Абдураимов

2005

2005 - yilda klub nomi "Dinamo-hamkor"ga o'zgartirilgan.
Afsuski 2005 va 2009 oraliqlarida klubga kim murabbiylik qilgani hozircha ma'lum emas.

2010

2010 - yilda klub nomi "Termiz"ga o'zgartirilgan.
2 yil o'tgach klub nomi yana o'zgartirilgan. 3 yil davomida klubning bosh murabbiyi bo'lib ikki mutaxasis ishlagan. Ular:

2010 yilda Равшан Дурмонов

2011—2012 yillarda Фуркат Мустафакулов

2012

2012 - yildan boshlab klub "Surxon" deb atay boshlangan.
Keyingi yillarda klub nomi o'zgartirilmagan. 2012- yildan to hozirgacha klub murabbiyi bo'lib quyidagi mutahasislar ishlashgan. Ular:

2012 - yilda Фуркат Мустафакулов

2013 - yilda Батыр Кашкенбаев

2014 - yilda Фуркат Мустафакулов

2015 - 2016 yillarda Равшан Дурмонов

2017

2017-yil Surxondaryo futbolida tub o‘zgarish ro‘y berdi.
Shu yili Surxondaryo viloyati hokimi bo‘lgan Turdimov Erkinjon Oqbo‘taevich tashabbusi bilan“Surxon” futbol klubi qayta tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati hokimligida vohada futbol ommaviyligini oshirish va yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.